O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 48,7 mlrd dollarga baholandi

Markaziy bank avgust oyi boshida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $48,7 mlrdga yetganini ma’lum qildi. Hisobot regulyatorning veb-saytida e’lon qilingan.
Oy davomida mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari 0,4 foizga oshdi. Ushbu hajmning $8,4 milliarddan ortig‘i naqd valyuta va depozitlarga, $38,6 milliard esa qimmatbaho metallarga to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, troya unsiyalari hajmi avvalgi darajada qoldi — 11,7 mln.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyida O‘zbekiston Markaziy banki to‘qqiz tonna qimmatbaho metall sotib olib, oltinning eng yirik xaridoriga aylangandi. Ilgari regulyator qimmatbaho metallarning faol sotuvchisi bo‘lgan.
Birinchi yarim yillikda O‘zbekiston oltinini xorijga yetkazib berish chorakka oshib, $4 milliardga yetdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zRTXBda oltin va kumush savdosi ikki baravar oshgani haqida xabar bergan edi.