Yangiliklar

Samarqandni 2030-yilgacha rivojlantirish rejasi tasdiqlandi

YAHM hajmi 165 trln so‘mga yetkaziladi
Samarqandni 2030-yilgacha rivojlantirish rejasi tasdiqlandi / Foto: Travelgo

Samarqand viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish bo‘yicha reja tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

2025-yil 7-avgust kuni Prezident qarori (PQ–244) bilan «Samarqand viloyatini 2030-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» hujjat qabul qilindi.

Asosiy maqsadli ko‘rsatkichlarga ko‘ra, yalpi hududiy mahsulot hajmini 165 trln so‘mga yetkazish, sanoat va xizmatlar sohasida $6,8 mlrd miqdoridagi loyihalarni amalga oshirish, shuningdek sanoat, xizmatlar va turizm eksportini $3,5 mlrdga yetkazish rejalashtirilgan.

Qarorga muvofiq, viloyat hokimligi tashabbusi bilan davlat va tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytiradigan «Samarqand Invest kompaniyasi» AJ tashkil etiladi. Kompaniya turli yo‘nalishlarda loyiha ofislarini tuzadi va ularni moliyalashtirish tartibini belgilaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent bosh rejasi o‘zgartirilmasligi haqida yozgan edik.