Gadjetlar

Samsung Galaxy S26 Edge yanada yupqa va kattaroq batareyaga ega bo‘ladi

Uning qalinligi 5,5 mm bo‘lib, batareya sig‘imi 4200 mA·soat bo‘ladi
Samsung Galaxy S25 Edge
Samsung Galaxy S26 Edge yanada yupqa va kattaroq batareyaga ega bo‘ladi / Foto: innoGyan

Samsung yangi flagman Samsung Galaxy S26 Edge ustida ishlamoqda. Yangi model hozirgi Galaxy S25 Edge’ga qaraganda yangiliklarga boy bo‘ladi.

Ice Universe ma’lumotiga ko‘ra, smartfon yangi Qualcomm protsessoriga ega bo‘ladi. Uning qalinligi 5,5 mm bo‘lib, batareya sig‘imi 4200 mA·soat bo‘ladi.

Foto: Samsung

Taqqoslash uchun, Galaxy S25 Edge 5,8 mm qalinlikka va 3900 mA·soat batareyaga ega. Demak, Samsung bu safar korpusni yupqalashtirib, batareyani kattalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Galaxy S26 Edge smartfoni haqida muhim tafsilotlarni e’lon qilinganini yozgan edik.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy S26 Plus modeli chiqarilmaydi. Uning o‘rnini aynan Galaxy S26 Edge egallaydi. Samsung Galaxy S26 seriyasi 2026-yil boshida taqdim etilishi kutilmoqda.