Yozda avtomobil o‘t olmasligining eng ko‘p uchraydigan oltita sababi

8-avgust 2025 10:29 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir
Mashina ishga tushmasligining eng ko‘p uchraydigan oltita sababi. Rasm SI yordamida tayyorlandi

Fit Service avtoxizmatlar tarmog‘ining mintaqaviy texnologi Konstantin Yershov yozda avtomobil ishga tushmasligining asosiy sabablarini va ularni mustaqil bartaraf etish usullarini tushuntirdi.

1. Akkumulyator muammosi

Dastlab akkumulyatorni tekshiring. Multimetr yordamida kuchlanishni o‘lchang: me’yor – 12,6 V. Agar ko‘rsatkich 12,0–12,2 V bo‘lsa, batareya zaryadi kamaygan. 12 V dan past bo‘lsa, bu kritik holat. Shuningdek, klemmalarni ham tekshiring: ular toza va mahkam bo‘lishi kerak. Kuchlanish past bo‘lsa, akkumulyatorni zaryadlash yoki almashtirish kerak bo‘ladi.

2. Nosoz starter

Agar akkumulyator normal holatda bo‘lsa, lekin kalitni burashda shiqillagan tovush eshitilayotgan bo‘lsa, demak, muammo starterda. Qarsillashlar rele ishlayotganini ko‘rsatmoqda, lekin starter tiqilib qolgan. Bunda yengilgina urib ko‘rish ba’zan yordam beradi. Agar mashina ishga tushmasa, diagnostika va ta’mirlash uchun avtoservisga murojaat qiling.

3. O‘t oldirish simlaridagi nosozliklar

Benzinli dvigatellar uchun sham («svecha») uchquni muhim ahamiyatga ega. O‘t oldirish g‘altagining yuqori kuchlanishli simlarini tekshirib ko‘ring.

«Izolyatsiyadagi yoriqlar, sinishlar, shikastlanishlarni qidiring. Agar ular bo‘lsa, uchqun shamga («svechaga») borish o‘rniga chetga ketishi mumkin. Bunday paytda simlarni almashtirish kerak bo‘ladi», – deydi mutaxassis

4. Yonilg‘i yo‘qligi

Bakda yonilg‘i borligiga ishonch hosil qiling. Ba’zan oddiygina benzinni unutib qo‘yish ham mumkin. Agar yonilg‘i bo‘lsa, nasos ovoziga quloq soling – bak tomondan kelayotgan g‘uvullash uning ishlayotganini bildiradi. Ovozi chiqmasa, rele yoki saqlagichni tekshiring. Ularni almashtirish bir necha daqiqa vaqt oladi.

5. Immobilayzer qulfi

Immobilayzer avtomobilni o‘g‘irlikdan himoya qiladi. Agar panelda uning belgisi yonib tursa, tizim kalitni tanimagan.

«Zaxira kalitni sinab ko‘ring. Asosiy kalit magnitsizlanishi yoki shikastlanishi mumkin. Agar zaxira kalit ham ishlamasa, mutaxassislarga murojaat qilib, elektron tizimni tekshirtirish va qayta dasturlash kerak bo‘ladi», – deydi Konstantin Yershov.

6. Skaner diagnostikasi

Zamonaviy avtomobillar ko‘plab bloklar va kompyuterlarga ega. Ular nosozlikda bloklanishi mumkin. Muammoni aniqlash uchun OBD2 skaneridan foydalanish mumkin – u xatoliklarni o‘qiydi. Oddiy modellari telefonga ulanadi. Ekranda xatolik kodini ko‘rib, internetdan ma’nosini topish mumkin. Agar skaner avtomobilingiz bilan ishlamasa, avtoxizmatga borish maqsadga muvofiq.

Bundan avval O‘zbekistonda Chevrolet Damas avtomobili nega sotib olinishi haqida yozgandik.

Shuningdek