Avto

Chevrolet Cobalt narxidagi Geely Galaxy A7 avtomobilining savdosi boshlandi

Avtomobil GEA platformasida yaratilgan
Geely Galaxy A7
Chevrolet Cobalt narxidagi Geely Galaxy A7 savdosi boshlandi / Foto: Geely

Xitoyda yangi Geely Galaxy A7 gibrid avtomobilining savdosi boshlandi. Bu haqda ITHome texnologiyalar nashri xabar bermoqda.

Modelning boshlang‘ich narxi 81,8 ming yuanni ($11,3 ming) tashkil qiladi. Bu pulga O‘zbekistonda Chevrolet Cobalt avtomobilini sotib olish mumkin. ($11,6 ming) Galaxy A7 avtomobilining mahalliy bozordagi narxi bojxona to‘lovlari va qo‘shimcha xizmatlar evaziga qimmatroq bo‘lishi mumkin.

Foto: Geely

Avtomobil GEA platformasida yaratilgan va Thor AI Hybrid 2.0 gibrid tizimi bilan jihozlangan. Multimediasi Flyme Auto tizimida ishlaydi. O‘lchamlari – uzunligi 4918 mm, eni 1905 mm, balandligi 1495 mm. G‘ildirak bazasi 2845 mmni tashkil qiladi. Disk diametrlari 17 yoki 18 dyuym.

Salonida panoramali tom (0,87 m²), ko‘p funksiyali rul, 14,6 yoki 15,4 dyuymli multimedia ekrani mavjud. Old o‘rindiqlar isitish, ventilyatsiya va massaj funksiyalariga ega.

Foto: Geely

Gibrid tizim 1,5 litrli, 111 ot kuchiga ega benzin dvigateli va orqa o‘qda joylashgan 238 ot kuchiga ega elektromotordan iborat. Yonilg‘i bakida avtomobil 2100 km dan ortiq yo‘l bosadi (CLTC usuli bo‘yicha). O‘rtacha yonilg‘i sarfi 2,67 l/100 kmni tashkil etadi.

Narxlar:

Komplektatsiya turiNarxi (yuan)Narxi (USD)
Boshlang‘ich versiya81,8 ming$11,3 ming
Eng qimmat versiya117,8 ming$16,4 ming

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Geely iyul oyida 130 mingdan ortiq elektromobil sotgani haqida yozgan edi.