
2025-yilning 4–8-avgust kunlari davomida AQSh dollarining Valyuta birjasidagi kursi biroz o‘sish tendensiyasini namoyon etdi. Kursiv Uzbekistan nashri dollar valyutasining hafta davomidagi o‘zgarishi haqidagi maqolasini taqdim qiladi.
Haftaning boshida, 4-avgust kuni dollar 12 621,29 so‘m qiymatida belgilangan edi. Keyingi kunlarda esa kursda qisqa muddatli pasayishlar kuzatildi.
5-avgust kuni dollar 96,40 so‘mga arzonlashib, 12 524,89 so‘mni tashkil qildi. 6-avgustda esa pasayish davom etib, kurs 12 502,99 so‘mga tushdi. Biroq 7-avgustdan boshlab valyuta yana qimmatlashishni boshladi va 90,78 so‘mga oshib, 12 593,77 so‘mga yetdi.
Dollarning 14.07-8.08 sanalaridagi holati:

Haftaning so‘nggi savdo kunida, 8-avgustda, dollar yana 79,04 so‘mga oshib, 12 672,81 so‘mni qayd etdi. Shu tariqa, bir hafta ichida AQSh dollari umumiy hisobda 51,52 so‘mga qimmatlashdi.
Dollarning hafta davomida o‘zgarishi:
Sana | Kurs (so‘m) | O‘zgarish (so‘m) |
---|---|---|
8-avgust | 12 672,81 | +79,04 |
7-avgust | 12 593,77 | +90,78 |
6-avgust | 12 502,99 | −21,90 |
5-avgust | 12 524,89 | −96,40 |
4-avgust | 12 621,29 | −103,87 |

Hafta davomida dollar kursi 51,52 so‘mga oshdi. Mutaxassislarning fikricha, bunday keskin bo‘lmagan tebranishlar odatda xalqaro valyuta bozoridagi qisqa muddatli omillar, ichki talab va taklifdagi o‘zgarishlar, shuningdek, tashqi iqtisodiy jarayonlar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Avvalroq dam olish kunlari xorijiy valyutalarni qaysi banklarda qulay narxda almashtirish mumkinligi va ularning qiymati haqida yozgan edik.