Haval Raptor PHEV 2026 qachonda savdoga chiqishi e’lon qilindi

9-avgust 2025 14:53 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Haval Raptor PHEV 2026
Haval Raptor PHEV 2026 qachonda savdoga chiqishi e’lon qilindi / Foto: Haval

Yangilangan Haval Raptor PHEV 2026 19-avgust kuni Xitoy bozorida savdoga chiqadi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.

Asosiy yangilik — gibrid tizimdagi 35,43 kVt·soat sig‘imli yangi batareya bo‘lib, u avtomobilga benzinsiz 151 km (WLTC) masofani bosib o‘tish imkonini beradi. Umumiy yurish masofasi 1000 km’dan oshadi.

Foto: Haval

Model Moonlight White, Ink Jiangnan Gray, Black Night, Cloud Stream Gray va Mint Green ranglarida taqdim etiladi. Yangilangan ko‘rinishda to‘g‘ri burchakli faralar, orqada Haval o‘rniga GWM yozuvi va yangi fonarlar bor.

Salonida 12,3 dyuymli raqamli panel, Coffee OS 3 operatsion tizimidagi 14,6 dyuymli mediaekran, ikki spikali rul va elektr sozlamali hamda qizdiriladigan old o‘rindiqlar o‘rnatilgan. Orqa o‘rindiqlarning suyanish burchagi 27–32° oralig‘ida sozlanadi.

Avtomobil Hi4 2-avlod gibrid tizimiga ega. 1,5 litrli turbo dvigatel (156 ot kuchi) va ikki elektromotor birgalikda 449 ot kuchini beradi. 0 dan 100 km/soatga 5,9 soniyada erishadi.

Top versiyada 35,43 kVt·soatli batareya, o‘rtacha versiyalarda 27,54 kVt·soat (115 km yurish) va 18,74 kVt·soat (81 km yurish) batareyalar bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Yangilangan Haval Big Dog modeli rasman taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek