Gadjetlar

iPhone 16 Pro samolyotdan tushib ketib sog‘ qoldi

U telefonini "Lokatsiya" funksiyasi orqali topgan
iPhone
Rasm ChatGPT yordamida sayqallangan / Manba: Ashprange instagram sahifasi

Germaniyalik Ishley Prendge samaliyot ustida video olayotganda iPhone 16 Pro modelini tushirib yubordi. Telefon 800 metr balandlikdan yerga qulagan. Bu haqda uning o‘zi instagramdagi sahifasida ma’lum qilgan.

U telefonini «Lokatsiya» funksiyasi orqali topgan. Qurilma Reyn vodiysidagi o‘rmon ichida edi. Ichida kredit kartasi va haydovchilik guvohnomasi bo‘lgani uchun Ishley uni izlashga qaror qilgan.

Bir necha soat o‘rmon ichida qidirgach, telefonni topgan. Smartfon butunlay sinmagan edi. Uni ishga tushirganda ekranda hech qanday yoriq ko‘rmagan Ishley buni telefon g‘ilofi saqlab qolganini aytgan.

Ko‘plab foydalanuvchilar esa telefonni hatto 1,5 metr balandlikdan tushirib ham old va orqa oynasini sindirib qo‘yadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Apple Tramp tahdidi ortidan AQShga $100 mlrd sarmoya kiritishi haqida yozgan edi.