O‘zbekistonda ikki oyda 73 ming kishi o‘z nomiga kredit rasmiylashtirishni taqiqladi

eʼlon qilindi
Qonun shu yil mart oyida qabul qilingan
kredit rasmiylashtirishni taqiqlash
O‘zbekistonda ikki oyda 73 ming kishi o‘z nomiga kredit rasmiylashtirishni taqiqladi / Rasm ChatGPT yordamida yaratilgan

O‘zbekistonda iyun oyidan boshlab fuqarolar o‘z nomiga kredit rasmiylashtirilishini taqiqlash imkoniga ega bo‘lib, xizmatdan 73 mingdan ortiq o‘zbekistonlik foydalandi. Bu haqda Kredit axborot-tahliliy markazi Kursiv Uzbekistan nashriga ma’lum qildi.

1-avgust holatiga ko‘ra, 73 346 kishi ushbu xizmatdan foydalangan. Ulardan 22 197 nafari (30 foiz) ayollardir. Eng ko‘p foydalanganlar 26 – 35 yoshdagilar bo‘lib, ularning ulushi 34 foizni tashkil etadi.

Yosh bo‘yicha taqsimot:

  • 26 yoshgacha — 11 694 kishi (16%)
  • 26 – 35 yosh — 24 857 kishi (34%)
  • 36 – 45 yosh — 20 216 kishi (28%)
  • 46 – 55 yosh — 9 856 kishi (13%)
  • 56 yoshdan yuqori — 6 723 kishi (9%)

Bu taqiq fuqarolarning o‘zlari bilmagan holda ularning nomiga kredit rasmiylashtirilishining oldini oladi. Qonun shu yil mart oyida qabul qilingan bo‘lib, taqiq qo‘yish yoki uni bekor qilish yozma yoki elektron shaklda bepul amalga oshiriladi.

Ushbu xizmat bepul bo‘lib, undan davlat xizmatlari markazlari, YaIDXP (my.gov.uz) yoki Kredit-axborot tahliliy markazi saytida foydalanish mumkin.

Kredit rasmiylashtirishga taqiq qo‘yishni CRIF Uzbekistan orqali ham amalga oshirish mumkin. Kompaniyaning «Kursiv» nashriga ma’lum qilishicha, markaz orqali iyun-iyul oylari 23 kishi ariza qoldirgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Kredit tashkilotlari olti oyda 4 trln so‘mlik faktoring xizmatlarini ko‘rsatgani haqida yozgan edi.

Shuningdek