Gadjetlar

Samsung Galaxy S26 Ultra eng tezkor xotiraga ega bo‘ladi

U Qualcomm Snapdragon 8 Elite Gen 2 protsessori bilan ta’minlanadi
Samsung Galaxy S25 Ultra
Rasm ChatGPT yordamida sayqallangan / Manba: Notebookcheck

Samsung kompaniyasining yangi flagmani Samsung Galaxy S26 Ultra Qualcomm Snapdragon 8 Elite Gen 2 protsessori bilan ta’minlanadi. Bu avvalgi model Galaxy S25 Ultra’dan ancha yuqori unumdorlik beradi.

Qurilmaning tezroq ishlashiga yangi LPDDR5X tezkor xotira ham sabab bo‘ladi. Galaxy S26 Ultra’da xotira tezligi 10,7 Gbit/s bo‘lib, Galaxy S25 Ultra’dagi 8,5 Gbit/s xotiradan qariyb 25% tezroq. Bu telefonning tezroq yuklanishi, ilovalar orasida tez almashishi va GPU (Graphics Processing Unit, ya’ni grafik protsessor) samaradorligini oshiradi.

Samsung ushbu xotirani 2024-yil aprelida taqdim etgan. Hozircha boshqa ishlab chiqaruvchilar bundan tezroq mobil xotira taklif qilmaydi. Micron va SK Hynix’ning eng yuqori ko‘rsatkichi 9,6 Gbit/s LPDDR5T.

Galaxy S26 Ultra taqdimotidan so‘ng mobil bozorida eng tezkor operativ xotiraga ega smartfon bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S26 Edge yanada yupqa va kattaroq batareyaga ega bo‘lishi haqida yozgan edi.