Apple yangi iPhone’lar narxini oshirishi mumkin

10-avgust 2025 15:37 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir
Apple yangi iPhone’lar narxini oshirishi mumkin. Foto: Bloomberg

GF Securities kompaniyasi analitigiga ko’ra, iPhone 17 liniyasi iPhone 16’dan qimmatroq bo‘ladi, deb xabar bermoqda iXBT.

Narx oshishining sabablaridan biri sifatida Donald Tramp administratsiyasining yangi tariflari tilga olinmoqda. Narxlar qanchaga oshishi yoki barcha modellarga narx ko‘tarilishi tatbiq etiladimi, aniq aytilmagan.

Xabarga ko‘ra, iPhone 17 Pro modelida narx oshishi shartli bo‘ladi, chunki unda bazaviy xotira hajmi 256 GB’ga yetadi. Bu xuddi bir vaqtlar iPhone Pro Max’da bo‘lgani kabi. Biroq iPhone 17 va 17 Air modellari 256 GB xotiradan boshlanishi ehtimoli juda past. Shuningdek, ehtimol faqat iPhone 17 Pro qimmatroq bo‘lib, kichik modellarning boshlang‘ich narxi so‘nggi yillardagi kabi $800 va $900 atrofida qolishi mumkin.

Bundan avval Apple Tramp tahdidi ortidan AQShga $100 mlrd sarmoya kiritishi haqida yozgandik.

Oq uy vakiliga ko‘ra, sarmoya AQSh iqtisodiyoti va milliy xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Apple Kentukki shtatida aqlli oynalar ishlab chiqarish liniyasini quradi. Bu oyna iPhone va Apple Watch’da qo‘llaniladi. Kompaniya yangi data-markazlar ham barpo etishini aytdi.

Tramp Apple’ni qarori uchun maqtadi. U, shuningdek, chip va yarimo‘tkazgichlarga 100 foizlik boj kiritilishini aytib, ammo tafsilot bermadi.

Shuningdek