Arda Xiva turizm markaziga sayohat — fotoreportaj

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan turizm markazidan fotoreportaj tayyorladi
Foto: Ahmad Muhammadov / Kursiv Uzbekistan

Xiva shahrida foydalanishga topshirilgan «Arda Xiva» turizm markazi yiliga 1 million mahalliy va 500 ming xorijiy sayyohni qabul qilish imkoniyatiga ega. Kursiv Uzbekistan turizm markazidan fotoreportaj tayyorladi.

Foto: Ahmad Muhammadov / Kursiv Uzbekistan

Majmua 24,5 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, unda 67 ta turizm obyekti qurildi. Markaz bir vaqtning o‘zida 5 ming sayyohni qabul qila oladi. Unda 18 ta mehmonxona (1 080 o‘rin), 24 ta restoran va kafe, 11 ta hunarmand uylari, 200 ta rastali va 40 ta do‘kondan iborat Sharq bozori, 3 ming o‘rinli amfiteatr, zargarlik markazi, 2 ming kishilik ochiq va yopiq akvapark, 5 ta kinoteatr, qayiq sayri uchun 4 km sohil, musiqali favvora va boshqa xizmatlar mavjud.

Foto: Ahmad Muhammadov / Kursiv Uzbekistan

Majmua imkoniyatlari Fitur-2025 (Ispaniya, yanvar), «UTAZAS HungExpo»-2025 (Vengriya, fevral) va ITB Berlin-2025 (Germaniya, mart) kabi yirik xalqaro ko‘rgazmalarda taqdim etilgan. Xorijiy OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlar uchun 8 ta infotur tashkil etildi, 20 dan ortiq xalqaro media kanallarda yoritildi.

Foto: Ahmad Muhammadov / Kursiv Uzbekistan

Hududda «har oyda bir tadbir» tamoyiliga asoslangan xalqaro va respublika miqyosidagi ko‘ngilochar hamda madaniy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Yil oxirigacha «Ichki turizm» yarmarkasi, «Strongman» xalqaro bahodirlar o‘yini, «Turizm kasblari» ochiq chempionati, «Qovun sayli», «Xorazm milliy taomlari» gastronomik festivali, «Gilamlar jilosi» ko‘rgazmasi va «Ziyorat turizmi» haftaligi bo‘lib o‘tadi.

Foto: Ahmad Muhammadov / Kursiv Uzbekistan

Loyiha natijasida viloyatda turistlarning qolish muddati 2 kundan 3 kungacha oshadi, turizm eksporti 1,5 barobar ortadi va 2 ming yangi ish o‘rni yaratiladi.

Shuningdek