Nissan Xitoyda yangi N6 gibrid avtomobilini taqdim etadi

10-avgust 2025 14:45 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir
Nissan
Nissan Xitoyda yangi N6 gibrid avtomobilini taqdim etdi. Foto: Dongfeng-Nissan

Dongfeng-Nissan kompaniyasi yangi N6 rusumli gibrid elektr avtomobilini taqdim etadi. Bu haqda CarNewsChina xabar berdi.

Yangi model 1,5 litrli dvigatelni elektr motor bilan birlashtirgan gibrid tizimiga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Nissan N6 maksimal quvvati 75 kVt (101 ot kuchi) bo‘lgan 1,5 litrli tabiiy aspiratsiyali dvigatel (NR15 modeli) va 155 kVt (208 ot kuchi) quvvatga ega elektr motor bilan jihozlanadi. Akkumulyator to‘plami Rept Battero Energy Co., Ltd tomonidan yetkazib beriladigan litiy temir fosfat (LFP) elementlaridan tashkil topadi.

Foto: Dongfeng-Nissan

Tashqi ko‘rinishda N6, Nissan N7 modeliga o‘xshash bo‘lib, avtomobil yopiq panjarali radiator dizayni, star-ring uslubidagi yoritilgan chiroqlar va markazida yoritiladigan Nissan logotipiga ega. Yon tomonida yashirin eshik tutqichlari mavjud. Orqa qismida esa uzluksiz yoritilgan chiroqlar joylashgan.

Mazkur modelning uzunligi 4831 mm, eni 1885 mm, balandligi 1491 mm, g‘ildirak bazasi 2815 mm.

Foto: Dongfeng-Nissan

Bundan avval Dongfeng Nissan’ning birinchi to‘liq elektr modeli N7 15-may kuni taqdim etilgan va atigi 18 kunda 10 mingta buyurtma to‘plagan. N7 Xitoyda taxminan $16,4 mingdan boshlanadi. Yangi N6 modeli N7’dan arzonroq bo‘lishi hamda eksport qilinishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nissan Qashqai’ning yangi gibrid versiyasi ishlab chiqarila boshlagani haqida yozgandi.

Shuningdek