O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ijodiy imtihonlar 12–13-avgust kunlari o‘tkaziladi

eʼlon qilindi
Ruxsatnomalar my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali olinadi
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ijodiy imtihonlar 12–13-avgust kunlari o‘tkaziladi. Foto: Ijtimoiy tarmoqdan olindi

Talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 12–13-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Bunda talabalar o‘qishini xorijiy davlatlar hamda O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirishi mumkin.

Imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomalar Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali olinadi. Ruxsatnomada imtihonning o‘tkazilish joyi, sanasi va vaqti ko‘rsatiladi.

Bundan tashqari, talabgorlar belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan test sinovi o‘tkaziladigan binoga kelishlari lozim.

Shu bilan birga, kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashgan talabgorlar majburiy fanlar (ona tili, matematika, tarix)dan o‘tkaziladigan test sinovlarida ham ishtirok etishlari shart. Aks holda kasbiy (ijodiy) imtihonda olingan ballar hisobga olinmaydi.

Bundan avval rad etilgan magistratura arizalarini 11-12-avgust kunlarida qayta tahrirlash imkoniyati berilgani haqida yozgandik.

Shuningdek