O‘zbekiston Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik kelishuvini olqishlaydi

eʼlon qilindi
Qo‘shma deklaratsiya Vashingtonda imzolangan
O‘zbekiston Ozarbayjon va Armaniston tinchlik kelishuvini olqishlaydi. Foto: TIV

O‘zbekiston Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarida erishilgan natijani olqishlaydi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Vashingtonda imzolangan Qo‘shma deklaratsiyaga tomonlarning siyosiy irodasi va AQSh Prezidentining tinchlik yo‘lidagi sa’y-harakatlari sabab bo‘ldi.

«Barcha tomonlarning ko‘p yillik mojaroni bartaraf etishga qaratilgan sa’y-harakatlarini yuqori baholaymiz. Ishonchimiz komilki, Janubiy Kavkazda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikning imkon qadar tezroq o‘rnatilishi keng mintaqamizdagi barcha xalqlar manfaati uchun yirik transport va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishga zamin yaratadi», deyiladi bayonotda.

Bundan avval Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida tarixiy tinchlik kelishuvi imzolangani haqida yozgandik.

Unga ko‘ra, Ozarbayjon va Armaniston AQSh bilan savdo, transport, energetika, infratuzilma va texnologiya sohalarida ikki tomonlama iqtisodiy shartnomalarga erishgan. Bu kelishuvlar Janubiy Kavkaz mintaqasida yangi imkoniyatlar ochishi kutilmoqda.

Shuningdek