
2025-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4,6 mln dona transport vositasi ro‘yxatga olingan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ularning 93 foizini yengil avtomobillar tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 441,5 ming donaga ko‘paygan.
Transport vositalari turlari bo‘yicha:
- yengil avtomobillar – 4,3 mln dona;
- yuk avtomobillari – 302,6 ming dona;
- mikroavtobuslar – 7,7 ming dona;
- maxsus transport vositalari – 7,3 ming dona;
- avtobuslar – 6,1 ming dona.
Bundan avval tadbirkorlar bojxonada qolib ketgan avtomobillarni qayta rasmiylashtirish taklifini bergani haqida yozgandik.
Unga ko‘ra, ilgari yuk avtomobillarini O‘zbekistonga olib kirishda imtiyozlar mavjud bo‘lgan, biroq hisob-fakturada kichik xatolik tufayli bir nechta avtomobillari rasmiylashtirilmay qolgan.