
Bugun, 10-avgust soat 6:00 dan boshlab Toshkent viloyatidagi «Bekobod avto» va Sirdaryo viloyatidagi «Xovosobod» chegara bojxona postlari ish boshladi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, mazkur nazorat-o‘tkazish punktlari orqali uchinchi davlat fuqarolari hamda yengil avtomobillar o‘ta oladi.
Bu tartib O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida imzolangan «Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari to‘g‘risida«gi bitim asosida joriy etildi.
Bundan avval o‘zbek – qozoq chegarasida mahsulotlar tranziti uchun «yashil yo‘lak» joriy etilishi mumkinligi haqida yozgandik.
Unga ko‘ra, mazkur tizim meva-sabzavot va boshqa tez buziladigan mahsulotlar tranzitini yengillashtirish uchun joriy etiladi.