Rad etilgan magistratura arizalarini qayta tahrirlash imkoniyati berildi

eʼlon qilindi
11-12-avgust kunlari
Rad etilgan magistratura arizalarini qayta tahrirlash imkoniyati berildi / Foto: Chat GPT

11–12-avgust kunlari magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Unga koʻra, 2025/2026-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bo‘yicha my.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari ko‘rib chiqildi.

Ko‘plab murojaatlar tanlangan mutaxassislikning bitiruvchining ta’lim yo‘nalishiga mos yoki turdosh emasligi, so‘ralgan hujjat o‘rniga boshqa hujjat yuklangan yoki to‘liq yuklanmagan, hujjatlar sifatsizligi va boshqa sabablar bilan rad etildi.

Shu munosabat bilan, magistraturaga kirish uchun ariza yuborgan va kamchiliklar tufayli rad etilgan talabgorlarga 11–12-avgust kunlari arizalarini qayta tahrirlash imkoniyati beriladi. Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlash amalga oshirilmaydi va kamchiliklari bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Bundan tashqari, xorijiy til bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida bo‘lmagani sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash tavsiya etilmaydi. Bunday hollarda qayta tahrirlangan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Bundan avval 2025/2026-o‘quv yili uchun magistratura bo‘yicha qabul kvotalari e’lon qilingandi.

Shuningdek