Xalqaro kosmik stansiyada besh oy qolgan astronavtlar Yerga qaytarildi

eʼlon qilindi
SpaceX yordamida
Foto: Keegan Barber/NASA via AP

9-avgustda to‘rt nafar astronavt besh oylik missiyadan so‘ng Yerga qaytdi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

SpaceX kompaniyasining kapsulasi orbitadagi laboratoriyadan ajralganidan bir sutka o‘tib, Kaliforniyaning janubiy qirg‘oqlari yaqinidagi Tinch okeaniga muvaffaqiyatli qo‘ndi.

Yerga NASA astronavtlari Enn Makkleyn va Nikol Ayers, Yaponiya astronavti Takuya Onishi hamda Rossiya kosmonavti Kirill Peskov qaytdi. Ular mart oyida XKSga NASA’ning Starliner kemasida muvaffaqiyatsiz parvoz qilgan ikki astronavtini almashtirish uchun uchirilgandi.

Bundan avval Starliner’dagi nosozliklar sabab Butch Uilmor va Suni Uilyams stansiyada rejalashtirilgan bir hafta o‘rniga to‘qqiz oydan ortiq qolishga majbur bo‘lgan. NASA yangi Boeing kema sinovini ekipajsiz yakunlashga qaror qildi va Uilmor hamda Uilyamsni SpaceX kemasiga o‘tkazdi. Ular Makkleyn jamoasi yetib kelganidan so‘ng stansiyani tark etgan. Keyinchalik Uilmor NASA’dan iste’foga chiqdi.

Bundan avval SpaceX orbitaga to‘rt tonnalik «kosmik smartfon» uchirgani haqida yozgandik.

Shuningdek