Yangiliklar

AQSh xalqaro talabalar kamayishi sababli 7 mlrd dollar yo‘qotishi mumkin

AQSh xalqaro talabalar kamayishi sababli 7 mlrd dollar yo‘qotishi mumkin / Foto: US D

NAFSA va JB International hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025-yil kuzida yangi xalqaro talabalar soni 30 – 40 foizga kamayishi, umumiy qabul esa 15 foizga qisqarishi mumkin. Bu haqda The Pie ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mazkur holat AQSh iqtisodiyotiga $7 mlrdlik zarar yetkazib, 60 mingdan ortiq ish o‘rinlarini yo‘qotishga olib keladi.

Asosiy sabablar — may-iyun oylarida AQSh Davlat departamentining viza suhbatlarini vaqtincha to‘xtatishi, viza berishdagi kechikishlar va 19 davlat fuqarolariga qo‘yilgan taqiqlar. Hindiston va Xitoy talabalarining kamayishi eng katta ta’sir ko‘rsatmoqda, chunki ular umumiy qabulning yarmidan ortig‘ini tashkil etadi.

Mutaxassislar AQSh hukumatini talabalar uchun viza jarayonini tezlashtirish va taqiqlardan ozod qilishga chaqirmoqda, aks holda bu muammo yillar davomida davom etishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp va Putin 15-avgust kuni Alyaskada uchrashishi haqida yozgan edik.