
Avstraliya sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasida Falastin davlatini tan olishini e’lon qildi. Yangi Zelandiya ham shu qarorni muhokama qilmoqda. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.
Bu qadam bilan Avstraliya Buyuk Britaniya, Fransiya va Kanada singari davlatlar qatoriga qo‘shiladi. AQSh esa asosiy ittifoqchilaridan biri bilan bu masalada kelishmovchilikka duch keladi.

Avstraliya bosh vaziri Entoni Albanezening aytishicha, Falastin prezidenti Mahmud Abbos Hamas kelajakdagi davlatda ishtirok etmasligini, qurolsizlanish va saylovlar o‘tkazilishini kafolatlagan.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu esa bu qarorni «uyatli» deb atadi. BMT ma’lumotiga ko‘ra, G‘azoda ocharchilik boshlangan, millionga yaqin odamni majburan ko‘chirish rejasi esa «yangi falokat» sifatida baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Portugaliya ham Falastin davlatini tan olishi mumkinligi haqida yozgan edik.