Buxoroda ikki mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagan korxona aniqlandi
eʼlon qilindi
To‘qimachilik korxonasi

Buxoroda ikki mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan korxona aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, Havzi Nav mahallasidagi to‘qimachilik korxonasida gaz hisoblagichiga tashqi ta’sir o‘tkazilib, gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.
Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, korxona yetkazgan zarar ikki milliard so‘mga baholangan. Shuningdek, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilgan.
Bundan avval Termizda 1,3 mlrd so‘mlik gaz noqonuniy ishlatilgani aniqlangani haqida yozgandik.
Xabarga ko‘ra, Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida joylashgan MChJga qarashli noturar binoda gaz tarmog‘iga noqonuniy ravishda to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, tabiiy gazdan ruxsatsiz foydalanib kelingani aniqlangan.