Gadjetlar

Honor’ning Dimensity 8500 telefoni 10000 mA/soatlik batareya bilan jihozlanadi

Model hozir NPI (yangi mahsulotni joriy etish) bosqichida
Honor
Honor Dimensity 8500 protsessorli ilk smartfonini 10 000 mA·soat batareya bilan taqdim etadi / Foto: Honor

Honor Dimensity 8500 chipiga ega yangi smartfon ustida ishlamoqda. Qurilma 10 000 mA·soat sig‘imli katta batareyaga ega bo‘ladi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

Model hozir NPI (yangi mahsulotni joriy etish) bosqichida. Bu jarayon iyul oxirida boshlangan. Qurilmaning aniq nomi hozircha ma’lum emas.

Bozorda Dimensity 8500 chipli ilk model sifatida Redmi Turbo 5 taqdim etilishi kutilmoqda. Honor’ning yangi smartfoni esa Xitoyda unga ergashib, 2025-yil dekabrida yoki 2026-yil yanvarida chiqishi mumkin. Hozircha smartfon haqida faqat chipset va batareya sig‘imi ma’lum.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Honor Magic8 Ultra Galaxy S26 Ultra va Xiaomi 16 Ultra’dan kuchliroq bo‘lishi haqida yozgan edi.