Yangiliklar

Kasbiy ta’lim tashkilotlariga hujjatlar qabuli boshlandi

Qabul 10-sentabrga qadar davom etadi
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga hujjatlar qabuli boshlandi / Foto: Teletype

2025/2026-o‘quv yili uchun kasbiy ta’lim tashkilotlariga abituriyentlar my.edu.uz platformasi orqali 10-sentabrgacha hujjat topshirishi mumkin. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Qabul boshlang‘ich o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi, kechki va dual shakllarda amalga oshiriladi.

Tibbiyot texnikumlari uchun ro‘yxatdan o‘tish oliy ta’lim natijalari e’lon qilinganidan keyin 10 kun davom etadi, boshqa texnikumlarda esa kirish imtihonlari yozma tarzda o‘tkaziladi.

Ta’lim turiO‘rinlar soni
Kunduzgi102 194
Kechki2 250
Dual ta’lim38 670
Jami143 114

Jami 549 ta texnikumga 143 114 o‘rin (66 484 tasi davlat granti) ajratilgan. Shundan: kunduzgi – 102 194 o‘rin, kechki – 2 250 o‘rin, dual ta’lim – 38 670 o‘rin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq rad etilgan magistratura arizalarini qayta tahrirlash imkoniyati berilgan edi.