Avto

Kia EV2 GT avtomobili taqdim etiladi

Eng kuchli GT versiyasi ikki elektromotorli to‘liq yuritmaga ega bo‘ladi
Kia EV2 GT
Kia EV2 GT avtomobili taqdim etiladi / Foto: Carcoops

Kia Yevropada 2026-yil boshida Kia EV2 GT kompakt elektromobilini ishlab chiqara boshlaydi. Model EV Day tadbirida konsept ko‘rinishida namoyish etilgan edi.

Eng kuchli GT versiyasi ikki elektromotorli to‘liq yuritmaga ega bo‘ladi. Quvvati 300 ot kuchigacha yetadi va 0–100 km/soat tezlanish 5 soniya atrofida bo‘ladi. 55 kVt·soatli batareya 435 km masofa yurish imkonini beradi.

GT versiyasida boshqaruv tizimi qayta sozlangan, tormozlar kuchaytirilgan, orqa ko‘p bo‘g‘imli osma bilan modernizatsiya qilingan. Bazaviy versiya old yuritmaga ega bo‘lib, 150–200 ot kuchi quvvatli bitta elektromotor bilan keladi.

Har ikkala versiya E-GMP platformasida yaratilgan. 400 voltli arxitektura, tezkor zaryadlash va tashqi qurilmalarni quvvatlantirish (V2L) funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Kia Carens Clavis elektromobilini taqdim etgani haqida yozgan edi.