Nvidia va AMD Xitoy chip savdosidan 15% daromadni AQShga beradi

eʼlon qilindi
Eksport litsenziyalarini olish uchun
Nvidia va AMD Xitoy chip savdosidan 15% daromadni AQShga beradi / Foto: Exness

Nvidia va AMD AQSh hukumatiga Xitoyga sotiladigan ilg‘or sun’iy intellekt chiplaridan, jumladan, Nvidia H20 modelidan tushgan daromadning 15 foizini berishga kelishdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Tramp ma’muriyati aprel oyida H20 chiplarini Xitoyga sotishni to‘xtatgan bo‘lsa-da, yaqinda sotuvni qayta boshlashga ruxsat berdi. Xitoy ikkala kompaniya uchun ham yirik bozor bo‘lib, Nvidia o‘tgan moliyaviy yilda bu mamlakatdan $17 mlrd, AMD esa $6,2 mlrd daromad olgan.

AQSh rasmiylariga ko‘ra, ushbu chiplar savdosi milliy xavfsizlikka tahdid solmaydi, ammo kelishuvning qachon kuchga kirishi noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nvidia rahbari Jensen Xuang Forbes milliarderlar ro‘yxatida mashhur investorlardan yuqoriga ko‘tarilgan edi.

Shuningdek