Lifestyle

O‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi

Sportchilar jami 13 medal qo‘lga kiritdi
Boks
O‘zbekiston yosh bokschilari Osiyoda birinchi o‘rinni oldi / Boks Federatsiyasi

Tailand poytaxti Bangkokda 19 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida boks boʻyicha Osiyo chempionati yakunlandi. Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qoʻmitasi.

Oʻzbekistonlik bokschilar musobaqada jami 13 medalga ega chiqdi. Ulardan 7 tasi oltin, 3 tasi kumush va 3 ta bronza.

Ikkinchi oʻrinni Hindiston, uchinchi oʻrinni esa Xitoy terma jamoasi egalladi. Qozogʻiston beshinchi, Qirgʻiziston esa 13-oʻrinda qayd etildi.

Musobaqa doirasida 12-avgust kuni 22 yoshgacha boʻlgan bokschilar oʻrtasida final janglari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Lazizbek Mullajonovdagi dopingga soch ko‘chirishdagi dorilar sabab bo‘lishi mumkinligi haqida yozgan edik.