O‘zbekistonga sayohat maqsadida eng ko‘p rossiyaliklar tashrif buyurmoqda

eʼlon qilindi
2025-yilning yanvar – iyun oylarida
Turizm
O‘zbekistonga eng ko‘p rossiyaliklar tashrif buyurmoqda. Foto: Tourism Uzbekistan

2025-yilning yanvar – iyun oylarida 783,7 ming nafar chet el fuqarolari sayohat maqsadida O‘zbekistonga kelgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 255,1 ming nafarga, ya’ni 48,3 foizga ko‘p.

Joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga sayohat maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

  • Rossiya — 166,6 ming nafar;
  • Turkmaniston — 123,0 ming nafar;
  • Qozog‘iston — 77,7 ming nafar;
  • Qirg‘iz Respublikasi — 71,6 ming nafar;
  • Tojikiston — 49,1 ming nafar;
  • Xitoy — 39,1 ming nafar;
  • Turkiya — 29,3 ming nafar;
  • Hindiston — 22,0 ming nafar;
  • Italiya — 18,6 ming nafar;
  • Janubiy Koreya — 14,9 ming nafar;
  • Germaniya — 14,7 ming nafar;
  • AQSh — 13,2 ming nafar.

Qolgan 143,9 ming nafar sayohatchi esa boshqa davlatlardan tashrif buyurgan.

Bundan avval O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelgan xorijliklar soni 3,4 baravarga oshgani haqida yozgandik.

Unga ko‘ra, qo‘shni Afg‘onistondan kelganlar soni keskin oshib, ushbu davlat o‘tgan yilgi uchinchi pog‘onadan, bu yil birinchi pog‘onaga chiqqan. Olti oy ichida bu davlatdan 207 mingdan ortiq fuqarolar tijorat maqsadida O‘zbekistonda bo‘lgan. Undan keyingi o‘rinlarda Tojikiston (12,2 ming), Turkmaniston (1,6 ming), Rossiya (451), Turkiya (276) va Qozog‘iston (255) fuqarolari qayd etilgan.

Shuningdek