Gadjetlar

Pekinda gumanoid robotlar supermarketi ochildi

Robot Mall
Pekinda gumanoid robotlar supermarketi ochildi. Foto: mcigroup.my

Pekinda Robot Mall — dunyodagi ilk gumanoid robotlar supermarketi ochildi. To‘rt qavatli va to‘rt ming kvadrat metr maydonda har qanday turdagi robotni xarid qilish mumkin: barmen, jarroh, zavod ishchisi yoki hatto $97,5 ming turadigan robot-Eynshteyngacha.

Namoyish zonasida robotlar qahva qaynatadi, pitsa tayyorlaydi, rok ijro etadi va kokteyllar tarqatadi. Mahalliy kafeda esa oshpazdan tortib ofitsiantgacha hammasi temirdan yasalgan. Bu yerda sher kiyimidagi robot-itlar, mexanik farmatsevtlar va mukammal xotiraga ega shaxmat chempionlari ham bor.

Beijing store stocks humanoid robots from over 40 Chinese brands | REUTERS

Mazkur ochilish marosimi Butunjahon robototexnika konferensiyasi (12-avgust) va ilk Butunjahon gumanoid robotlar o‘yinlariga (14-17-avgust) to‘g‘ri kelmoqda. Bu tadbirlarda temir sportchilar futbol, raqs va hatto dorilarni saralash bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etishadi.

Robotlar qanchalik hayratlanarli bo‘lsa da, ba’zan qo‘lida chashka bilan to‘xtab qoladi. Bu ushbu robotlar hanuz sinov bosqichida ekanini eslatib turadi.

Bundan avval Xitoyning Unitree kompaniyasi o‘zining eng arzon gumanoid robotini sotuvga chiqargani haqida yozgandik.

Shuningdek ayni ushbu kompaniya 100 kilogrammgacha yuk ko‘tara oladigan robot it taqdim etgandi.