Samsung AQShda chip ishlab chiqarishga qo‘shimcha $7,2 mlrd sarmoya kiritishi rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Samsung AQShda 2 nm va 4 nm chiplar ishlab chiqarmoqchi
Samsung
Samsung kompaniyasi nega AQShga sarmoya kiritmoqda / Foto: Samsung

Samsung kompaniyasi bir necha oy oldin AQShdagi chip ishlab chiqarish loyihasiga mo‘ljallangan sarmoyasini qisqartirgan edi. Endi kompaniya yana milliardlab dollar qo‘shib, investitsiyani kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.

Janubiy Koreya va AQSh sammiti 25-avgustga belgilangan bo‘lib, Samsung shu kungacha yangi rejasini yakunlashi kutilmoqda. SEDaily xabariga ko‘ra, kompaniya AQShda ilg‘or chip qadoqlash uchun 10 trillion von ($7,2 mlrd) ajratishi mumkin.

Avval reja $44 mlrd bo‘lsa, mijozlar yetishmasligi sabab sarmoya $37 mlrdga tushirilgan va qadoqlash bo‘limi bekor qilingan edi. Endi esa kompaniya Apple va Tesla kabi yirik buyurtmachilarni qo‘lga kiritdi. Tesla bilan $16,5 mlrd qiymatidagi SI chip ishlab chiqarish shartnomasi tuzilgan.

Samsung AQShda 2 nm va 4 nm chiplar ishlab chiqarmoqchi. Bu nafaqat ishlab chiqarishni kengaytiradi, balki Tramp ma’muriyati kiritishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha boj to‘lovlaridan qochishga yordam beradi.

Kompaniyaga ko‘ra, u zavod, xotira va qadoqlashni birlashtirgan to‘liq xizmat taklif eta oladi. Raqobatchilaridan TSMC ishlab chiqarish va qadoqlashni, SK Hynix esa faqat xotira mahsulotlarini taklif qila oladi.

Samsung’ning Texasdagi Taylor Fab 1 zavodi qurilishi birinchi chorak oxirida 91,8 foizga yetgan. Qurilishni oktabrda yakunlash, yil oxiriga qadar esa muhim «cleanroom» bo‘limini tayyorlash rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S26 Ultra eng tezkor xotiraga ega bo‘lishi haqida yozgan edi.

Shuningdek