Yangiliklar

Shveysariyalik uchuvchi quyosh samolyoti bilan shaxsiy rekord qo‘ydi

8 224 metr balandlikka uchish bilan
Shveytsariyalik uchuvchi quyosh samolyoti bilan shaxsiy rekord qo‘ydi / Foto: AFP

Shveysariyalik uchuvchi Rafael Domjan SolarStratos elektr samolyotida 8 224 metr balandlikka ko‘tarilib, quyosh energiyasida ishlaydigan samolyotlar bo‘yicha yangi shaxsiy rekord o‘rnatdi. Bu haqda France24 ma’lum qildi.

Mazkur natija 2010-yilda o‘rnatilgan 9 235 metrlik jahon rekordidan ming metrga yaqin kam.

Domjanning maqsadi yo‘lovchi samolyotlar uchish balandligi, ya’ni 10 000 metrga yetish edi. Yakshanba kungi parvoz taxminan to‘rt yarim soat davom etdi. SolarStratos 24,8 metr qanotlarga ega bo‘lib, yuqori samarali quyosh panellari bilan qoplangan.

Foto: Bitcoin Suisse

Uchuvchi kelasi urinishda sharoitlar yaxshilansa, rekordni yangilashga ishonmoqda va bu orqali quyosh energiyasining imkoniyatlarini namoyish etishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chevrolet Silverado bitta zaryad bilan 1705 km bosib, rekord o‘rnatgan edi.