
Bugun, 11-avgust kuni Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi «Uch qahramon» bozorida yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, soat 02:22 da viloyatning Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tumandagi «Uch qahramon» bozorida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.
Yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 02:29 da yetib borib, uni soat 03:24 da qurshab olgan va yong‘in soat 04:46 da to‘liq o‘chirilgan.
Mazkur yong‘inni bartaraf etishga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Voqea sabab tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Bundan avval Qashqadaryodagi gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘lgandi. Ushbu yong‘in oqibatida bir kishi yengil kuyish tan jarohati olgan.