Tramp Vashingtondagi barcha uysizlarni chiqarib yubormoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashingtondan uysizlarni chiqarib yuborish va jinoyatchilarni qamoqqa olish rejasini e’lon qildi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Tramp buning uchun yuzlab kuch ishlatar tizimni shahar xavfsizligini ta’minlash uchun yuborishi mumkin.
Tramp Truth Social’da uysizlarga poytaxtdan uzoqda joy berilishini, jinoyatchilar esa qamoqqa tashlanishini aytdi. Oq uy rejaning huquqiy asosi haqida izoh bermadi.

Shahar meri Muriel Bouser jinoyatchilik darajasi so‘nggi ikki yilda 30 yillik eng past ko‘rsatkichga tushganini bildirdi va «jinoyat to‘lqini» yo‘qligini ta’kidladi. Shu bilan birga, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, shaharda 3,7 mingga yaqin uysiz mavjud bo‘lib, ularning aksariyati boshpanalarda yashaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp ma’muriyati Garvarddan patentlarni tortib olish bilan tahdid qilgan edi.