Xolmo‘min Yodgorov Sudyalar oliy kengashi raisi etib saylandi
eʼlon qilindi
Besh yil muddatga

11-avgust kuni Oliy Majlis Senati Kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda prezident taqdimiga binoan Xolmo‘min Yodgorov O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi lavozimiga saylandi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shuningdek, so‘nggi besh yilda Sudyalar oliy kengashi tomonidan sud hokimiyatining nufuzi va samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar muhokama qilindi. Ushbu o‘zgarishlar tizim faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarib, fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining uchta tumaniga yangi hokim tayinlangan edi.