
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (MMTV) ma’lumotiga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilida 1-sinfga jami 666 ming nafar o‘quvchi qabul qilindi. Bu umumiy rejaning 90 foizini tashkil etadi.
Viloyatlar kesimida eng ko‘p qabul qilingan o‘quvchilar:
- Samarqand viloyati – 83 211 nafar;
- Farg‘ona viloyati – 72 514 nafar;
- Qashqadaryo viloyati – 69 997 nafar.
Eng kam qabul qilingan hududlar:
- Sirdaryo viloyati – 15 636 nafar;
- Navoiy viloyati – 18 928 nafar;
- Jizzax viloyati – 29 141 nafar.

Toshkent shahrida esa 43 077 nafar bola 1-sinfga qadam qo‘ydi. Ma’lumot o‘rnida maktablarga qabul jarayonlari 15-avgustga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Marhamatdagi maktab o‘qituvchilari ishtirokidagi hashar bo‘yicha chora ko‘rilgani haqida yozgan edi.