Avto

865 ot kuchiga ega yangi Tank 500 avtomobili taqdim etildi – foto

Narxlar $50 mingdan boshlanadi
Tank 500 avtomobili
865 ot kuchiga ega yangi Tank 500 avtomobili taqdim etildi / Foto: Tank

Xitoyning Great Wall Motor kompaniyasi 2026-yilgi Tank 500 Hi4-T va Hi4-Z modellariga oldindan buyurtma qabul qilishni boshladi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Narxlar Hi4-T uchun $50 mingdan, Hi4-Z uchun $54 mingdan boshlanadi. Yangi modelning asosiy o‘zgarishi — tomga o‘rnatilgan LiDAR sensori. U uchinchi avlod Coffee Pilot Ultra haydovchiga yordam tizimi bilan ishlaydi. Avtomobil o‘lchamlari o‘zgarishsiz qolgan: uzunligi 5,078 m, kengligi 1,934 m, balandligi 1,905 m, g‘ildirak bazasi 2,85 m, klirens 210 mm.

Foto: CarNewsChina
Foto: CarNewsChina

Salon 12,3 dyuymli raqamli panel, 15,6 dyuymli markaziy ekran, proyeksiya displeyi, yangilangan konsol, ikkita 50 Vt quvvatli simsiz zaryadlash joyi, Nappa charm o‘rindiqlar (isitish, ventilyatsiya va massaj funksiyalari) bilan jihozlangan. Orqa yo‘lovchilar uchun 17,3 dyuymli 3K ekran va -6°C dan 50°C gacha sovitish yoki isitish imkoniyatiga ega muzlatkich mavjud.

Foto: CarNewsChina

Texnik ko‘rsatkichlar

Hi4-T: 2.0T benzin dvigateli + bitta elektromotor, 402 ot kuchi, 37,1 kVt·soat batareya, elektr yurish masofasi 110 km, to‘liq privod. Hi4-Z: 2.0T + ikkita elektromotor, 865 ot kuchi, 0 – 100 km/soat tezlanish 4,3 soniya, 59,05 kVt·soat batareya, elektr yurish masofasi 201 km.

Avvalroq Yangilangan GWM Tank yoʻltanlamasining tasvirlari taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Yana bir muhim yangilik – yangi Tank modellariga kuchli Hi4-Z gibrid tizimi o‘rnatiladi. Bu tizim allaqachon Tank 500 modelida mavjud bo‘lib, 863 ot kuchi ishlab chiqaradi.

Kompaniya Tank brendini faol rivojlantirmoqda. Yil yakunigacha Xitoy ichki bozorida 240 mingta Tank avtomobili sotilishi rejalashtirilgan.