Fransiyaning O‘zbekistonidagi elchisi faoliyatini yakunladi

eʼlon qilindi
Oreliya Bushez
Foto: Baxtiyor Saidov Telegram kanali

Fransiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Oreliya Bushez O‘zbekistondagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.

«So‘nggi yillarda ikki tomonlama aloqalari mislsiz dinamikani namoyon etdi, mamlakatlarimiz tarixiy marralarga erishdi, davlatlarimiz strategik hamkorlarga aylandi. Elchi xonimning aloqalarimiz sarhadlarini kengaytirishga qo‘shgan doimiy hissasini yuksak qadrlaymiz va yangi faoliyatida barcha yutuqlarni tilaymiz», — dedi vazir.

Ma’lumot uchun, Bushez 2021-yil 8-oktabr kuni o‘sha paytdagi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovga ishonch yorliqlarining nusxasini topshirgan, 2021-yil 27-dekabrda esa Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorlig‘ini taqdim etgan edi.

Avvalroq «Kursiv» nashri Ukraina elchisi Oʻzbekistondagi missiyasini tugatgani haqida yozgandi.

Shuningdek