«Istanbul Bashakshehir» Fayzullayev transferi uchun «SSKA»ga hali to‘lov qilmagan

12-avgust 2025 13:33 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Abbosbek Fayzullayev
Foto: «Birinchi sport» Telegram-kanali

Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» klubi hali ham Moskva SSKA jamoasiga yarim himoyachi Abbosbek Fayzullayev transferi uchun to‘lovni amalga oshirmagan.

Bu haqda «armiyachilar» vakili Kirill Breydo Sport-Ekspress’ga ma’lum qildi.

«Hozircha «SSKA» Abbos transferi uchun pul olgani yo‘q. Biz turk klubi bilan aloqadamiz. Mablag‘ni shu hafta kutyapmiz», — dedi u.

21 yoshli futbolchi iyul oxirida Moskva klubini tark etib, «Istanbul Bashakshehir» bilan besh yillik shartnoma imzolagan edi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning transfer narxi 8 mln yevroni tashkil qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abbosbek Fayzullayev rasman «Istanbul Bashakshehir» klubiga o‘tgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek