
40 yoshli portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu sevgilisi Jorjina Rodrigesga turmush qurish taklifini berdi.
Jorjina Instagram’da kelinlik uzugini taqib turgan suratini joylab, quyidagicha izoh qoldirdi.
«Ha, men roziman. Bu hayotimda va barcha hayotlarimda», deb yozdi va Ronalduni belgiladi.
Krishtianu va Jorjina 2016-yildan beri birga yashab, besh farzandni tarbiyalab kelmoqda. Ronalduning to‘ng‘ichi – kichik Krishtianu, shuningdek, surrogat onadan tug‘ilgan egizaklar Eva va Mateo hamda Jorjinadan tug‘ilgan qizlari – Alana Martina va Bella Esmeralda.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi bilan shartnomasini 2027-yilgacha uzaytirdi.
Bundan avval kichik Krishtianu Ronaldu ilk sovrini bilan tarixga kirgani haqida yozgandik.