Madonna Papa Leo’dan G‘azoga gumanitar missiya bilan borishni so‘radi

eʼlon qilindi
O‘z Instagram sahifasida
Madonna Papa Leo’dan G‘azoga gumanitar missiya bilan borishni so‘radi / Foto: Euronews

Madonna Papa Leo’dan Falastindagi ochlikdan aziyat chekayotgan bolalar uchun gumanitar missiya bilan G‘azoga borishni so‘radi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, san’atkor Papa Leoni ertaga qoldirmasdan G‘azoga borishga chaqirdi va ona sifatida bularni ko‘rishga jur’at qilolmasligini ta’kidladi.

Papa Isroilning G‘azoga qarshi urushini tanqid qilib, iyulda o‘q otishni to‘xtatishni so‘ragan edi. UNICEF ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yildan beri G‘azoda 18 mingdan ortiq bolalar halok bo‘lgan, Isroil esa insonparvarlik yordamini to‘smoqda.

Madonna hech kimni ayblamayotganini aytib, hamma azob chekayotganini ta’kidladi. JSST bosh direktori uning gumanitar masalaga e’tiborini yuqori baholadi. Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi urush boshidan beri 222 kishi ochlikdan vafot etganini bildirdi.

Madonnaning murojaati urushga qarshi tanqidlarga sabab bo‘lmoqda. Bir necha davlatlar Falastin davlatini tan olish niyatida, Buyuk Britaniya esa shartli ravishda tan olishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Avstraliya ham sentabr oyida Falastin davlatini tan olishi haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek