Oliy sud Kusherbayevga oid aliment ishi bo‘yicha rasmiy izoh berdi

eʼlon qilindi
Sud majlisi 2025-yil 15-avgust soat 16:00 ga belgilangan
Rasul Kusherbayev
Oliy sud Kusherbayevga oid aliment ishi bo‘yicha rasmiy izoh berdi / Foto: Kiberxavfsizlik markazi

Oliy sud matbuot xizmati Rasul Kusherbayevdan aliment undirish bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga munosabat biltirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2025-yil 26-iyunda Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudiga fuqaro sobiq turmush o‘rtog‘i Kusherbayevdan voyaga yetmagan farzandining ta’minoti uchun aliment undirish yuzasidan ariza bergan.

2025-yil 28-iyunda sud arizani qanoatlantirib, 2023-yil 5-oktabrda tug‘ilgan qizi uchun Kusherbayevning jami daromadining 1/4 qismini har oyda aliment sifatida to‘lash majburiyatini belgilagan. Bundan tashqari, sud qarzdordan pochta xarajatlari va davlat boji ham undirilishini belgilagan.

Shundan so‘ng Kusherbayev sud qaroridan norozi bo‘lib, 2025-yil 21-iyulda qonuniy tartibda e’tiroz kiritgan. Fuqarolik protsessual kodeksiga ko‘ra, bunday e’tiroz kiritilganda sud buyrug‘i bekor qilinadi va da’vo tartibida ko‘rib chiqilishi lozim. Shu asosda 2025-yil 23-iyulda sud buyrug‘i bekor qilingan.

Biroq 2025-yil 5-avgust kuni Kusherbayevning turmush o‘rtog‘i yana sudga murojaat qilib, unga nisbatan aliment undirish bo‘yicha da’vo arizasi kiritgan. Mazkur ish sud ish yurituviga qabul qilingan va sud majlisi 2025-yil 15-avgust soat 16:00 ga belgilangan.

«Umid qilamanki, yaqin kunlarda bu voqeani uyushtirgan asosiy shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi. Chunki qonun buzilganini tasdiqlovchi ekspertiza xulosalari olingan. Men harakatlarimni faqat sud va tegishli organlarning qonuniy qarorlariga asoslayman. Sharlatanlik yo‘li — bu mening yo‘lim emas”, — deya qayd etgan Kusherbayev Politic nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Kusherbayev Mironovni Oʻzbekiston uchun nomaqbul shaxslar roʻyxatiga kiritishni taklif qildi yozgan edi.

Shuningdek