OpenAI vaqtincha GPT-4o modelini qaytardi

OpenAI foydalanuvchilar tanqididan so‘ng ChatGPT Plus obunachilari uchun GPT-4o modelini qaytardi. Bu haqda interestingengineering nashri ma’lum qildi.
Yangi GPT-5 universallashtirilgan model sifatida taqdim etilgan bo‘lsa-da, ishga tushirilgach jiddiy texnik muammolarga duch keldi.
Asosiy nosozlik real vaqt rejimida optimal modelni tanlash uchun mo‘ljallangan avtomatik marshrutizator ishlamay qolganda yuzaga keldi. OpenAI bosh direktori Sem Altman Reddit’dagi AMA sessiyasida avtoalmashgich ishdan chiqqani va GPT-5 ancha ahmoqona tuyulganini ta’kidladi.
Shuningdek, taqdimot davomida SWE-bench Verified test natijalari noto‘g‘ri grafik bilan ko‘rsatilgani aniqlanib, model imkoniyatlari oshirib ko‘rsatilgan. Altman buni grafiklardagi mega xato deb atadi.
Kompaniya nafaqat GPT-4o’ni qaytarmoqda, balki foydalanuvchi so‘rovlariga mos modelni tanlash jarayonini shaffoflashtirishni va’da qilmoqda. OpenAI ikki modeldan foydalanish statistikasi asosida ularning kelgusi taqdirini belgilaydi.
Barqarorlashtirish ustida ishlashda davom etamiz va foydalanuvchilarning fikrlariga quloq tutamiz”, — deydi Altman.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan OpenAI GPT-5’ni taqdim etgani haqida xabar bergan edi.