
Oppo K13 Turbo seriyasi endi xalqaro bozorda ham sotuvga chiqdi. Avvalroq u Hindistonda taqdim etilgan edi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.
K13 Turbo Dimensity 8450 protsessoriga ega. K13 Turbo Pro esa yangi Snapdragon 8s Gen4 chipi bilan jihozlangan. Pro-versiya gamerlar uchun mo‘ljallangan va iQOO Neo 10 hamda Poco F7 bilan raqobatlasha oladi.
Har ikkala model 6,8 dyuymli LTPS OLED displeyga ega. Ekran 1,5K aniqlik va 120 Hz yangilanish tezligini taklif etadi. Akkumulyator sig‘imi 7000 mA·soat, quvvatlash tezligi 80 Vt.
Kamerasi ikki moduldan iborat: 50 MP asosiy sensor (Pro’da OIS mavjud) va 2 MP qo‘shimcha kamera. Old kamera — 16 MP.
K13 Turbo Pro RGB yoritish va IPX9 himoyaga ega ichki ventilyator bilan ajraladi. Oddiy versiyada esa qorong‘ida yoritiluvchi ftorplastik elementlar bor.
Narxlar:
Model | Xotira (RAM/ROM) | Narxi (USD) |
---|---|---|
K13 Turbo | 8/128 GB | $319 |
K13 Turbo Pro | 12/256 GB | $450 |
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Oppo Find X9 Pro smartfoni taqdim etilishi haqida yozgan edi.