O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 60 foizga oshdi

eʼlon qilindi
Yil boshidan beri
O‘zbekiston va Hindiston «Shimol–Janub» yo‘lagida transport-tranzit yo‘nalishlarini rivojlantiradi. Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Unda tomonlar O‘zbekiston-Hindiston strategik sherikligi va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Xususan, joriy yil boshidan ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 60 foizga oshgani, 40 ga yaqin yangi qo‘shma korxona va kooperatsiya loyihalari ishga tushirilgani ta’kidlandi. Hindiston kompaniyalari bilan amalga oshirilayotgan loyihalar portfeli ikki milliard dollarga yetgani, O‘zbekistonda Hindiston universitetlarining to‘rtta filiali faoliyat yuritayotgani qayd etildi.

Yetakchilar endi farmatsevtika, kimyo sanoati, raqamli iqtisodiyot, energetika, konchilik, qishloq xo‘jaligi, qurilish, turizm kabi sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi. Bundan tashqari, «Shimol–Janub» yo‘lagi doirasida transport-tranzit yo‘nalishlarini takomillashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Bundan avval Hindiston talabalarni O‘zbekistondagi tibbiyot oliygohida o‘qimaslikka chaqirgani haqida yozgandik.

Shuningdek