O‘zbekistonda rasmiy ish haqi norasmiydan 1,3 mln so‘mga yuqori

eʼlon qilindi
Qishloq xo‘jaligi sohasida rasmiy maosh norasmiy maoshdan 1,5 mln so‘mga ko‘p
sum
Rasmiy ish haqi norasmiydan 1,3 mln so‘mga yuqori. Foto: MaksymKapliuk / www.depositphotos.com

Rasmiy ishlovchi xodimlarning oylik ish haqi norasmiy maosh oluvchilarnikidan o‘rtacha 1,3 mln so‘mga yuqori. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) direktori Obid Hakimov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi sohasida rasmiy maosh norasmiy maoshdan 1,5 mln so‘mga, savdoda — 1,3 mln so‘mga, umumiy ovqatlanish sohasida esa 1,1 mln so‘mga ko‘p.

Hakimovning ta’kidlashicha, respublikada so‘nggi to‘qqiz yilda yashirin iqtisodiyot ulushi 55 foizdan 34,8 foizga tushgan. Shuningdek, so‘nggi sakkiz yilda norasmiy bandlik darajasi qariyb ikki baravar kamayib, 60 foizdan 38 foizga yetgan.

Bundan avval prezident Shavkat Mirziyoyev yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash bo‘yicha yig‘ilishda soliq tizimini modernizatsiya qilish va biznesni qonuniy faoliyat yuritishga rag‘batlantirish topshirig‘ini bergan.

Shuningdek, tadbirkorlar qonuniy ishlashi uchun byurokratiya ta’siri kamaytirilib, soliqlar soni qisqartirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun maxsus huquqiy rejim joriy etilishi haqida xabar bergandi.

Shuningdek