Raqobat qo‘mitasi ikkita blogerni noqonuniy qimor reklamasi uchun javobgarlikka tortdi

eʼlon qilindi
«Melbet» bukmekerlik brendini
Onlayn qimor
Foto: Alorait.kz

O‘zbekistonda ikkita bloger mamlakatda taqiqlangan tavakkalchilik va qimor o‘yinlarini targ‘ib qiluvchi reklamalar joylashtirilgani aniqlandi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar qildi.

Unga ko‘ra qo‘mita «Melbet» bukmekerlik brendi nomidan foydalangan hamda qimor o‘yinlarini rag‘batlantiruvchi sahna ko‘rinishlari aks etgan video-roliklarni aniqlangan.

Ushbu materiallar aynan ko‘p miqdorda kuzatuvchilari bo‘lgan Shamsiddinov Amirxon O‘tkir o‘g‘li (amirxan_uzbek) va Ilyosov Doniyor Ma’ruf o‘g‘lining (donik_krash) shaxsiy sahifalarida joylashtirilgani qayd etildi.

Qo‘mita mazkur holatlarni qonunbuzarlik deb topib, blogerlar belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortildi va tegishli hujjatlar sudga yuborildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Bolalar ombudsmani bloger «Chechenka»ni javobgarlikka tortgani haqida yozgandi.

Shuningdek