
Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov shaharda xorijiy fuqarolarning kuryerlik faoliyatida ishlashini cheklovchi qarorni imzoladi. Bu haqda shahar ma’muriyati ma’lum qildi.
Avval taksi xizmatiga qo‘yilgan cheklovlar endi kuryerlik, turli transport vositalari orqali yetkazib berish, uyga taom yetkazish va boshqa kuryerlik xizmatlarini ham qamrab oladi.
Qaror sohada norasmiy bandlikni kamaytirish, xizmat sifati va xavfsizligini oshirish hamda mahalliy aholi, ayniqsa, yoshlar va talabalar uchun ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan, deya izohlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada migrantlarni fuqarolikdan chiqarish bo‘yicha yangi taklif bildirilgan edi.