Toshkentda tezlik chegarasi 90 km/soatgacha oshirilishi mumkin

Toshkent shahrining 5 ta ko‘chasida avtomobillar uchun tezlik cheklovini oshirish takrifi berildi. Bu haqda Xalq deputatlari shahar kengashining yig‘ilishida poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Elmurod Alimov ma’lum qildi.
Bu taklif amalga oshsa, radarlarda qayd etilgan tezlikdan 10 km/soat chegirma berilib, shahar markazida tezlik chegarasi 90 km/soatgacha ko‘tarilishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, 12 ta ko‘chada bir tomonlama harakat joriy etish va chorrahalarda elektr uzilishlarida ham ishlaydigan UPS tizimlarini o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Bu orqali svetoforlar uzilishlardan ta’sirlanmasligi ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, 2023-yil aprelidan shaharlarda tezlik chegarasi 70 km/soatdan 60 km/soatga pasaytirilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda yo‘l harakati xavfsizligi uchun 6,9 milliard so‘m ajratilishi haqida xabar bergan edik.