Uch qahramon savdo majmuasining 40 foiz qismi yonib ketgani aytildi

eʼlon qilindi
8 ming kvadrat metr qismi
Uch qahramon savdo majmuasining 40 foiz qismi yongan / Foto: Toshkent viloyati IIBB

2025-yil 11-avgust kuni soat taxminan 02:20 da Toshkent tumani, «Sabzavot» MFY hududida joylashgan Uch qahramon ixtisoslashgan savdo majmuasida yong‘in chiqqan edi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB rasmiy axborot berdi.

Bozor umumiy maydoni 20 ming kvadrat metr bo‘lib, o‘t o‘chiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida 12 ming kvadrat metr maydondagi savdo do‘konlari saqlab qolindi.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar qayd etilmadi. Holat yuzasidan JKning 259-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituviga olgan. Hozirda yong‘in sabablari aniqlanmoqda va yakuniy xulosa bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Yong‘in oqibatida bir nechta tadbirkorlar mulki zarar ko‘rgan bo‘lib, ular bilan zararni qoplash masalasida ish olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bo‘stonliqdagi tog‘li hududda yong‘in chiqqan edi.

Shuningdek