
8-10-avgust kunlari Xorazmdagi Arda Xiva majmuasi va Ichan qal’ada «Qovun sayli 2025» bo‘lib o‘tdi. Kursiv Uzbekistan muxbiri ushbu tadbirda ishtirok etib, fotoreportaj tayyorladi.






Festival doirasida 19ta tematik stendlar tashkil etilgan bo‘lib, ularda Xorazmning barcha tumanlari va fermer xo‘jaliklari o‘z mahsulotlari, texnologiyalari va innovatsion yondashuvlarini namoyish etdi.




Shuningdek, festival gastrozonalarda Xorazm oshxonasining o‘ziga xos milliy taomlari — shivit oshi, gumma, qovundan tayyorlangan shirinliklar taqdim etildi.




Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda festivalga 500 mingdan ortiq mehmon tashrif buyurgan bo‘lsa, bu yil ushbu ko‘rsatkich milliondan oshdi. Jumladan, 300 ming xorijiy sayyoh keldi.





Avvalroq Kursiv Uzbekistan Arda Xiva turizm markaziga sayohatdan fotoreportajni taqdim etgandi.